📍 Bozorlardagi narx-navo deputatlar nazoratida.
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati A.Turdiyev hamda Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va A.Churatayevalar ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlar Nurafshon shahridagi dehqon #bozorlarida bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi va zaxirasi bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🍎 Asosiy turdagi mahsulotlarning yetarliligi;
💰 Narxlarning asossiz oshib ketmasligi;
⚖️ Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar.
Muloqot davomida aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Xalq vakillari bu boradagi nazorat tadbirlarini muntazam davom ettiradilar.