Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tabiiy ofat va falokatlar oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📣📣📣 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 30-31-mart hamda 1-3 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
🤔🤔🤔 Saylov okruglarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

 Joriy yilning 3-aprel kuni kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shaharda faoliyat yuritayotgan 7 ta korxona va tashkilotlarning 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlaru yuzasidan hisobotlari eshitildi.
 

Jumladan, yig‘ilishda shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Rajabovning “2026-yilning I choragi davomida shaharni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish borasida hamdaishsizlik va bandlikni ta'minlash (ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan qaytgan shaxslar) ta'minlash bo‘yicha olib boriayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti; 

“Shahar dehqon bozorida narxlar barqarorligini saqlash va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” shahar iqtisodoyot va moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi J.Bekpo‘latovning hisoboti; 

“Shaharda 2026-yilning I choragi davomida issiq suv bilan ta’minlash holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati to‘g‘risida” Issiqlik manbai” DUK shahar filiali va “Navoiy suv ta’minoti” AJ Zarafshon shahar bo‘limi mutaxassislarining hisoboti;

 “Shaharda jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risida” qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi mutaxassisining hisoboti; 

 “2026-yilning 1-mavsumida Zarafshon shahrida jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni yakunlariga kо‘ra eng kо‘p ovoz tо‘plagan takliflarni saralabolish hamda jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tadbirlar tо‘g‘risida” shahar iqtisodoyot va moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi J.Bekpo‘latovning hisoboti; 

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining hududlar kesimida etilishi to‘g‘risida” yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi bosh mutaxassisi B.Dusanovning hisoboti;

 “Shaharda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda elektr energiyasi (xususan, energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati to‘g‘risida” shahar elektr ta’minoti va Zarafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislarining hisoboti tinglandi.

 Doimiy komissiya a’zolari ushbu sohalarda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ushbu masalalarni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan xulosalar berishdi.  

Slide 1 of 6