Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida muassasada olib borilayotgan ishlar, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi, xodimlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash holatlari atroflicha o‘rganildi. 

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida xodimlarga fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish, shuningdek, har bir ishni amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, aholining ishonchini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3