Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tabiiy ofat va falokatlar oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📣📣📣 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 30-31-mart hamda 1-3 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
🤔🤔🤔 Saylov okruglarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
🔴🔴🔴 Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Naxalov Zayniddin boshchiligida tumanda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida yuqori ovoz to‘plagan, biroq g‘olib deb topilmagan tashabbuslarni qayta ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida aholi tomonidan ilgari surilgan hamda keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari atroflicha tahlil etildi. Xususan, hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga ega takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur muhokamalarning asosiy maqsadi — fuqarolarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda “Ochiq budjet” orqali bildirilgan har bir tashabbusni e’tibordan chetda qoldirmaslikdan iborat.

Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4