Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi raisi Eshonqulov Eldor Uktamovich tumandagi Ko‘rpa mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, ayollar bilan manzilli ishlash, oilaviy muammolarni o‘rganish, kasb-hunar o‘rgatish hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli masalalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1