Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi

Bugun xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishni Yoshlar maslahat guruhi rahbari A.Ernazarov olib borib, Yoshlar maslahat guruhining maqsadi va vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur tadbirda tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, ijro hokimiyati vakili hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida tumandagi yoshlarning bugungi kunda duch kelayotgan dolzarb muammolarini tizimli aniqlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir muhim takliflar muhokama qilindi.

Mutasaddi vakillar tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Muloqot davomida deputatlar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yakunda bildirilgan barcha takliflar umumlashtirilib, kelgusidagi chora-tadbirlar rejasi muvofiqlashtirildi.

Slide 1 of 4