Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
#deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari

Uchrashuv davomida O‘RQ-391-sonli Qonun (https://lex.uz/docs/-2724496) asosida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik yo‘lidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishning huquqiy kafolatlari haqida ma’lumot berildi. Tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun yaratilgan yangi imtiyozlar aholi e’tiboriga yetkazildi.

Shuningdek O‘RQ-633-sonli Qonun (https://lex.uz/docs/-4953314) bilan "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunchilikka kiritilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar tahlil qilindi. Aholiga odam savdosi qurbonlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishning yangi tartiblari tushuntirildi.

Targ‘ibot davomida chet elga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar uchun ogohlik masalalari va huquqiy himoya vositalari haqida hayotiy misollar keltirildi.

Muloqot yakunida aholining tadbirkorlik faoliyatini boshlash va huquqiy xavfsizlik borasidagi savollariga deputat tomonidan batafsil javoblar berildi hamda mahallada olib borilyotgan bunyodkorlik ishlarini ko'zdan kechirdi.

Slide 1 of 4