Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

🔷Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov ishtirok etdilar.

🔷Kun tartibida:

🔻Bo‘stonliq tumani mahalliy budjeti qo‘shimcha manbalarining sarflanmagan mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔻Bo‘stonliq tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari E.Turobov va B.Tursunboyev, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Inagamov hisobotlari tinglandi.

🔷Yig‘ilish yakuni bilan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari tasdiqlandi.

Slide 1 of 3