Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 5-Navoiy saylov okrugi deputati Z.Umurzakov tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori S.Mamayusupovga deputatlik so‘rovi yubordi.
Deputat so'rovida Zarbdor tumanining D060 “Pishag‘or q. – Zarbdor temir yo‘l stansiyasi – D042 (56 km.ga chiqish)” avtomobil yo‘lining mavjud qoplamasi yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Xususan, yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi, yo‘l yuzasining yemirilishi hamda qatnov qismida nosozliklar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda.
Mazkur holat fuqarolar hamda avtotransport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida D060 avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4