Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Nazorat tahlil

Oʻrganishlarda komissiya aʼzolari, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi hamda tuman Kengashi kotibiyati vakillari ishtirok etishdi.

Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi hisobida bugungi kunda tumanda jami 764,63 km ichki yoʻllari mavjud boʻlib, shundan asfaltbeton yoʻl 364,81 km, sementbeton 20,39 km, shagʻallashtirilgan yoʻl 326,67 km va tuproqli yoʻl 52,75 km tashkil etadi.

Oʻrganishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Vobkent tumanida 2025-yil ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha shakllantirilgan yakuniy va qoʻshimcha manzilli roʻyxatlarni tasdiqlash haqida” VII-21-143-2-33-K/25-sonli qarori qabul qilingan boʻlib, qaror asosida 32 ta tuman mahallalarida shagʻallashtirish va joriy taʼmirlash ishlari belgilangan edi, bugungi kunda qaror asosida 27 km shagʻallashtirish hamda 10 km joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilganligi yuzasidan yigʻma hujjatlar mavjudligi aniqlandi.

Oʻrganishlarda qaror asosida qilingan ijobiy ishlar bilan birgalikda mavjud muammo va kamchiliklarni barataraf etish boʻyicha ishlash zarurligi deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 7