Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar siyosati — yangi bosqich

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar siyosati — yangi bosqich

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimizda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb egallashi va jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida katta ruh va ishonch uyg‘otmoqda.

Ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ruhlangan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi, shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova tomonidan saylangan hududdagi 26-sonli maktab bitiruvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar, xorijda o‘qish hamda zamonaviy kasblarni egallash uchun mavjud sharoitlar haqida atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, orzu va rejalari bilan o‘rtoqlashib, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Davra suhbati jarayonida bitiruvchilar tomonidan ezgu tashabbus ilgari surildi. Xususan, Yakkasaroy mahallasi Farg‘ona ko‘chasi, 1-berk ko‘chada yashovchi kam ta’minlangan xonadonda hashar yo‘li bilan tozalash ishlarini amalga oshirish taklifi bildirildi. 11-“E” sinf o‘quvchilari ushbu xayrli ishni o‘z zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Mazkur tadbirni shanba kuni o‘tkazishga kelishib olindi.

Bu esa yoshlarning nafaqat bilim olishga, balki jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi.

Tadbir yakunida maktab direktori Mohidil Xo‘jayeva hamda mahalla yoshlar yetakchisi Mirzohid Muhammadovich yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini alohida ta’kidladilar. Ular bu kabi uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashi kengayishiga va ijtimoiy mas’uliyati ortishiga xizmat qilishini qayd etdilar.

Slide 1 of 7