Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 15 – Pangat saylov okrugi deputati Dilbar Do'squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla infratuzilmasi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarning tomorqa yerlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat mahalla hududini aylanib chiqib, aholi tomorqalarini sug‘orish, ichki yo‘llar va obodonlashtirish masalalari bilan tanishdi.

Shuningdek, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda aholi daromadini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi belgilandi.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3