Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣📣📣 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 30-31-mart hamda 1-3 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
🤔🤔🤔 Saylov okruglarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
🔴🔴🔴 Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
❄️❄️❄️ Deputat saylov okrugidagi xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
🔴🔴🔴 O‘rganish natijasiga ko‘ra 61-sonli umumta’lim maktabi ta’mirlanadigan bo‘ldi
янв.21
🌀🌀🌀 61-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
⭐⭐⭐ Deputatlar Inkabot mahallasida monitoring o‘tkazdi
янв.21
📣📣📣 Тashabbusli byudjet jarayonida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lmagan takliflar yuzasidan monitoring davom etdi.
янв.21
Qarorlar ijrosi yuzasidan deputatlar monitoring o‘tkazdi
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberdiyev Ma’naviyat mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan hududdagi ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, ayrim ko‘chalarda yo‘l ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani, kanalizatsiya tizimini ta’mirlash ishlari tugallanmay qolganligi, ichimlik suvi quvurlarining yorilganligi hamda ayrim hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4