Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 19-Baxmal saylov okrugidan deputat A.Eltayev tomonidan tumandagi Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limidagi shart-sharoitlar va bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘limning moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar tekin dori darmonlar ko‘zdan kechirildi.