Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova, viloyat Kengashi deputati M.Kadirova hamda kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida, deputatlar "Do'stlik" MFYsidagi yettilik faoliyati o'rgandi hamda mahallada olib borilyotgan obodonchilik ishlar bilan tanishdi.

Deputatlar "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi. 

Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi o‘rni, mas’uliyati va faol ishtiroki atroflicha muhokama qilindi. Xususan, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va loyihalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Slide 1 of 1