Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Deputatlar mahalla faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tuman Kengashi deputati G.Shafoatova saylangan hududdagi Yangi hayot mahalla faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla hududiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Deputatlar mahalla yetakchilari bilan suhbatlashib, aholining murojaatlari, taklif va istaklarini tingladi. Shu bilan birga, hududda olib borilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar, jamoatchilik faoliyati va deputat ishlarini yoritish hamda aholi bilan muloqotni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4