Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘quv seminari tashkil etildi.
янв.21
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Umumta’lim maktabi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Boysun tumani Boshrabot mahallasi “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylaytirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

2026-yilning 5-fevral kuni xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan "Chimboy" mahallalasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o'rganish va tahlil qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu o'rganish natijasida, bir qator masalalar yuzaga chiqqan bo'lib, ularga yechim topish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish rejalashtirildi.

Uchrashuv jarayonida Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva, "Chimboy" mahalla hokim yordamchisi B.Yusupov, yoshlar yetakchisi J.Xasanov, xotin-qizlar faoli N.Zokirjonova, profilaktika inspektori O.Mamadaliyev hamda ijtimoiy hodim K.Muratbekovalar bilan birgalikda mahallada xotin-qizlar tomonidan berilgan murojaatlar, ularning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilash, shuningdek, bandlikni ta'minlash maqsadida bir qator tashabbuslar amalga oshirilayotganligi, mahalla faoli xotin-qizlar uchun turli ish o‘rinlari yaratishda, kasb-hunar o‘rgatishda va o‘z faoliyatlarini rivojlantirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishda davom etayotganligi aniqlandi. Aholi orasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni aniqlash, ularning holatini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tildi. 

Mahallalarda xavf darajasini baholash va manzilli profilaktik choralar ko‘rish tizimining joriy etilgan. Tumanlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilangan bo‘lib, ushbu mahalla yashil hudud ekanligi hamda mahalla yegttiligi bilan bog'liq xatlov jarayonining yakunlanishiga 30% qolganligi ta'kidlandi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirilishi uchun barcha mas'ul tashkilotlar va jamoalar o'zaro hamkorlikda faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, aholi o'rtasida xatlovga oid tushuntirishlar davom ettirilmoqda va kerakli ma'lumotlar uzluksiz taqdim qilinishi belgilab olindi. 

️Yig‘ilish yakunida Kengash raisi aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda ayol-qizlarni kasb-hunarmanchilikka yo‘naltirish masalasi dolzarb ekanligi, ularni bandligini ta'minlash va turli sohalarda faoliyat yuritishga yo‘naltirish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, mahalla yetakchilari va xalq vakili tomonidan yangi takliflar kiritilib, ijtimoiy yordam tizimining samaradorligini oshirish uchun bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mahalla – tinchlik, ahillik va yashil muhitning timsoli bo'lib, kelajakda ham har bir fuqarosining farovonligi va xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7