Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Teng saylov huquqi
янв.21
Saylov okruglarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlar deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylov okrugidagi ijtimoiy muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan saylovchilar bilan uchrashuv

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Mazkur kunning asosiy maqsadi — aqlan va jismonan imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati K. Xashimova o‘z hududidagi nogironligi bo‘lgan saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida deputat ularning holidan xabar oldi, mavjud muammolarini tingladi hamda zarur yordam ko‘rsatish masalalarini o‘rganib chiqdi.

Slide 1 of 4