Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
#jarayon

#jarayon 

O‘rta Chirchiq tumani hokimligida Mahallalar uyushmasi, Din ishlari bo'yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, "Nuroniy" jamg‘armasi, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "To‘y va marosimlarni ixcham, milliy qadriyatlarimizga mos tarzda o‘tkazish — jamiyat madaniyatining ifodasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Kengashi deputati R.Djumanova ham ishtirok etdi. Deputat tomonidan to‘y va marosimlarni milliy an’analarimiz, qadriyatlarimizga mos ravishda, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz o‘tkazish zarurligini, shuningdek, o‘zbek xalqining boy marosim madaniyati, qadimiy urf-odatlarining asl ma’nosini saqlab qolish, zamonaviylik va milliylik uyg‘unligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Yig‘ilish yakunida tuman miqyosida "Maromiylik — madaniyat belgisi" shiori ostida to‘y va marosimlarni tartibli, o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1