Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Hamkorlik va ishonch – taraqqiyotning mustahkam asosi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va inson kapitaliga oid dolzarb masalalarni atroflicha yoritib berdi.

🔹Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro ishonch va hamjihatlik bugungi global o‘zgarishlar sharoitida strategik ahamiyat kasb etadi. Davlat rahbarining tashabbuslari nafaqat siyosiy barqarorlikni ta’minlash, balki savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

🔹Yig‘ilishdagi muhokamalarda transport va logistika tizimini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish hamda ekologiya va energetika sohasidagi hamkorlik kabi yo‘nalishlar alohida o‘rin egalladi. Bu tashabbuslar O‘zbekistonning barcha hududlarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

🔹Shuningdek, ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida madaniy va ma’naviy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan fikrlar ham ayni vaqtda juda dolzarbdir. Bu yo‘nalishdagi ishlar yosh avlodning bilim va malakasini oshirish, ularni xalqaro hamjamiyatga munosib tarzda tayyorlashga xizmat qiladi.

🔹Deputat sifatida aytish mumkinki, MDH sammitida ilgari surilgan g‘oyalar — bu xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan amaliy dasturdir.

🔹Biz xalq vakillari sifatida bu tashabbuslarning ijrosini joylarda ta’minlash, ularni amaldagi islohotlarimiz bilan uyg‘unlashtirishga mas’ulmiz.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov