Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich Beshqo‘rg‘on MFYda aholi bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich Beshqo‘rg‘on MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda mahalla faollari hamda fuqarolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, fuqarolarning murojaatlari va ularning yechimiga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholini qiziqtirgan dolzarb mavzulardan biri — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi ham atroflicha muhokama etildi.

Deputat tomonidan aholiga mavsumga tayyorgarlik jarayonida energiya tejamkorlik, isitish tizimlarini tartibga keltirish, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3