Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
“Ustuvor maqsadimiz – mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishdir”

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetganligini amalga oshirilayotgan islohatlarning natijasi sifatida ko‘rish mumkin.

Prezidentimiz nutqi davomida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetganini qayd etdi, shuningdek, eng asosiy jihat sifatida o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralayotganligini alohida ta’kidladi. Ushbu so‘zlar Prezidentimiz tomonidan dunyoning yuksak minbaridan aytilganligi, o‘qituvchilik kasbida faoliyat yuritayotgan har bir fuqaro uchun faxr va iftixor tug‘gusini bag‘ishlaydi.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining bino va inshootlari tubdan qayta qurilib, yangilangan holda 2024-yil 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida o‘qituvchi va murabbiylarga tuhfa etilganligi, ularning o‘z ustida ishlashi, kasbiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning yaqqol namunasi bo‘ldi.

Yana bir tashabbus sifatida, davlatimiz rahbari o‘z nutqi davomida, pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi. Mazkur tashabbus mamlakatimizdagi pedagoglarning salohiyatini oshirishga, raqobatbardoshligini ta’minlashga, yangiliklardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1