Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega..

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz raqamli rivojlanish va sun’iy intellektdan foydalanish jarayonlarida davlatlar o‘rtasida tengsizlik yuzaga kelmasligi kerakligini ta’kidlab, barcha uchun adolatli va ochiq imkoniyatlarni ta’minlash zarurligini qayd etdilar.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratish taklifi ham juda dolzarbdir. Bu tashabbus insonparvarlik va hamjihatlikka asoslangan jahon hamkorligini mustahkamladi.

“Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida”, degan davlatimiz rahbarining so‘zlari barchamizning qalbimizdan joy oldi. Yoshlar ongiga tinchlik, do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat g‘oyalarini singdirish – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini yurtimizda joylashtirish taklifini ilgari surish O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosatiga yorqin misoldir.

Bugun jamiyatimizda bag‘rikenglik siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish bo‘yicha ishlar faol davom ettirilmoqda. Bu – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish yo‘lidagi muhim qadam.

“Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdoridir”, degan da’vat esa mamlakatimizning tashqi siyosati va insoniyat oldidagi mas’uliyatini yorqin ifoda etadi.

Biz, hududiy Kengash deputatlari ham, davlatimiz rahbari ilgari surgan ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz.
 

Slide 1 of 1