Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
MUNOSABAT

Prezidentimizning shu yil 15-sentabr kuni pedagoglar bilan bo‘lgan muloqoti ta’lim sohasi xodimlari uchun nafaqat e’tibor, balki katta ishonch ramzi bo‘ldi. Muloqot davomida ustozlar nafaqat ta’lim beruvchi, balki Vatanga sodiq, halol va bilimli avlodni tarbiyalovchi asosiy kuch sifatida ko‘rsatildi. Bu esa bizga yangicha yondashuvni talab qiladi. O‘qituvchi endi faqat bilim yetkazuvchi emas, balki jamiyatda ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, ma’naviyat bayroqdori sifatida qaralmoqda.

Davlat rahbari ustoz shaxsini yuksaltirish orqali, aslida, butun jamiyatni ko‘tarish yo‘lini tanlayotganini anglash mumkin. Chunki yurt taraqqiyoti birinchi navbatda maktabda, sinfxonalarda, o‘qituvchi nigohida va uning so‘zida boshlanadi. Bugun o‘qituvchidan faqat dars o‘tish emas, balki butun qalbi bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsatish, ularni katta hayotga tayyorlash, ularning orzu-umidlariga sherik bo‘lish talab qilinmoqda. Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov

Slide 1 of 1