Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy davlat hokimiyati va vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish — 2030 yilgacha mo‘ljallangan muhim strategiya
янв.21
Bugungi deputatning siyosatdagi roli
янв.21
Инвестиционная политика Нового Узбекистана: ключевые инициативы в выступлениях Президента
янв.21
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda investitsiya siyosati: Prezident nutqlaridagi asosiy tashabbuslar
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi: ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqich
янв.21
Ta’limdagi islohotlar deputatlar e’tiborida.
янв.21
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
янв.21
Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Boysun tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi sport musobaqalarining hududiy bosqichiga start berildi.
Karmana tumanida “Nuroniylar maskani” va boshqa ijtimoiy obyektlarning qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Kuni kecha Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Valijon Adizov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘.Rajabov hamda boshqa mas’ul rahbarlar tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlar, jumladan yangidan barpo etilgan va foydalanishga topshirilish arafasida bo‘lgan “Nuroniylar maskani” hamda qurilishi davom etayotgan inshootlarda bo‘lishdi.

“Nuroniylar maskani” – nuroniylarimiz uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy majmua bo‘lib, bu yerda faxriylarimiz sport bilan shug‘ullanishlari uchun shashka-shaxmat xonasi, sport zali, nuroniylar va yoshlar uchun zamonaviy kutubxona, tuman gazetasining tahririyati uchun alohida xonalar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari faoliyat yuritishi uchun mo‘ljallangan xonalar ajratilgan. Mazkur maskanni to‘liq jihozlash, qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hokimlik vakillari va jamg‘arma rahbarlari qurilishi davom etayotgan boshqa ijtimoiy obyektlarda ham bo‘lib, ularning borish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 5