🔖 Joriy yilning 17-fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi raisi Gʻayratjon Eshpoʻlatov raisligida tuman hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🔸Yigʻilishda tuman markazida joylashgan Boʻston va Samarqand mahallalari yettiligi, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
✨Qaror ijrosi yuzasidan Boʻston va Samarqand mahallalari yettiligining yoʻl xaritasi tuzilib, kamchiliklarini bartaraf etish orqali mahallalarda jinoyat sodir etilishini oldini olish borasida fikr mulohazalar oʻrtaga tashlandi.