Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishini nazorat qiluvchi vaqtinchalik jamoatchilik komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya yig‘ilishi kun tartibidan - tumandagi "Temir daftar" ro‘yxatida turuvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va qaramog‘ida nogiron farzandlari bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish maqsadida hujjat topshirgan fuqarolarning davolanishlari hamda dori-darmon vositalari xaridi uchun moddiy yordam berish masalalari muhokama etildi.