"Mustaqillik" mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 25-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat A.Karimov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tumandagi "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig'inida xotin-qizlar faoli tominidan amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Hisobot davrida hududda quyidagi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishilgani qayd etildi:
Mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqa xizmatiga jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha qilingan ishlar;
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxatdan chiqarish borasidagi shaffoflik;
Mahalladagi oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan individual ishlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!