XOTIN-QIZLAR MASALALARI E’TIBORDA
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan “Yangi Hayot” mahallasi xotin-qizlar faoli X.Pirimqulova bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy masalalarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.