Yangiliklar

“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan “Ozod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi hamda avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning yo‘l qoplamasi holati, aholining harakatlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tungi vaqtda ko‘chalarning yoritilishi, mavjud yoritish moslamalarining holati hamda avtomobil yo‘llarida harakatlanish jarayonida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning sabablari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko‘chalarning obodonlashtirilishini ta’minlash, tungi yoritish tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining xavfsiz va tartibli harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtomobil yo‘llaridan samarali foydalanish, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan qonunchilik talablari ijrosini joylarda o‘rganish maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ichki ko‘cha yo‘llarining holatini yaxshilash, tungi yoritish tizimidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarni kamaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4