35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#_doimiy_komissiya_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

#_doimiy_komissiya_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Avazov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nariddinov tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va manzilli tashkil etish, aholining bandligini ta’minlash hamda farovonligini oshirish bo‘yicha nazorat va o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1