35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasi Navbahor ko‘chasida ko‘cha boshisi X.Xaydarova bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ko‘cha aholisi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi, ko‘p qavatli uy yonida yo‘lakcha qurish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 6