35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 123-sonli qarori ijrosi yuzasidan Taxiatosh tumanida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, markazning joriy yildagi ustuvor vazifalari, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va bo‘lajak sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi

Slide 1 of 1