Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Xotira” xiyoboni hamda uning atrofidagi hududning obodonlashtirish va tozalik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida:

🌿 xiyobondagi yashil hududlarning holati va parvarishi;

🧹 atrofdagi maydonlarning tozaligi va sanitariya holati;

🏞 hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;

⚠️ mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish jarayonida xiyobon hududini doimiy ravishda ozoda, obod va ko‘rkam holatda saqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🤝 Shuningdek, aholi uchun muhim bo‘lgan jamoat maskanlarining holatini muntazam nazorat qilib borish, ularni asrab-avaylash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

✨ Obod hudud — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 4