Yangiliklar

“SOBIROBOD” MAHALLASIDA MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA

Yunusobod tumanidagi “Sobirobod” mahallasida ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismidagi ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlarini yangilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🇺🇿Mazkur masala xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sabura tomonidan o‘rganilib, mahalla faollari bilan birgalikda mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

📝Jumladan, yerto‘la qismida yillar davomida foydalanib kelingan eskirgan quvurlar zamonaviy polipropilen quvurlarga almashtirilmoqda. Bu esa ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash, quvurlardagi nosozliklarning oldini olish hamda aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

👉🏻Deputat tomonidan hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholining murojaatlarini tinglash va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3