35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B. Bo‘tayev Xalqobod mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, bandlikni oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
B.Bo‘tayev mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat davomida aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, har bir oilaning muammosiga manzilli yondashish va davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish hamda davlat va jamoatchilik hamkorligini yana-da kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yana-da samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2