35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
"Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"**ning nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi muammoni joyida o‘rganib, ro‘yxatga olish kitobiga qayd etdi
янв.21
Deputat hududdagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar va mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"ning oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #PF_116 #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_daftari 🗣“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari va bolalar maydonchalari holati o‘rganildi

“Alpomish” mahallasida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlaridan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan mahalla hududidagi obodonchilik ishlari hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uylar atrofining umumiy holati, hududning tozaligi, mavjud infratuzilma va aholining kundalik foydalanishidagi hududlarning holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofida aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududning obodligi va undan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Nazorat jarayonida ko‘p qavatli uylar atrofida joylashgan bolalar maydonchalari ham batafsil ko‘zdan kechirildi.
Xususan, bolalar maydonchalaridagi mavjud jihozlarning holati, ularning foydalanishga yaroqliligi, maydoncha atrofining obodonlashtirilganligi, bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratilganligi hamda hududni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish davomida hududda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar va kamchiliklar ham aniqlandi.
Aniqlangan muammolar deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi. Mazkur masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar oldiga qo‘yish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazorat qilish maqsadida deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.
Bu orqali aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi, tegishli choralar ko‘rilishi va natijasi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda joyiga chiqqan holda o‘rganishlar olib borishi aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni bevosita aniqlash, mavjud kamchiliklarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish imkonini beradi.
Ayniqsa, bolalar foydalanadigan maydonchalarning holatini muntazam o‘rganib borish ularning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
“Alpomish” mahallasida o‘tkazilgan ushbu o‘rganish davomida qayd etilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
Kelgusida yuboriladigan deputatlik so‘rovlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning munosabati va ko‘rilgan choralar ham nazorat-tahlil jarayonida o‘rganib boriladi.
Mahalladagi muammo — e’tibordan chetda emas. Deputatlik nazorati — amaliy yechim sari qadam!

Slide 1 of 4