35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
"Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"**ning nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
15-sonli "Ko‘k suv" saylov okrugi deputati va mahalla yettiligining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 15-sonli "Ko‘k suv" saylov okrugidan saylangan deputat hamda mahalla yettiligi ishtirokida joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi Sekretariati boshlig‘i tomonidan Kengash faoliyati, deputatlik korpusi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallalarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, deputat tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, sayyor qabullar tashkil etish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Hisobot davomida saylovchilar tomonidan yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalariga alohida e'tibor qaratilgani ta'kidlandi. Mazkur yo‘nalishlarda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilgani, ayrim masalalar bo‘yicha esa amaliy choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.
Mahalla yettiligi tomonidan ham birinchi yarim yillik davomida hududda olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli ishlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash hamda aholi muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar tegishliligiga ko‘ra nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilishi hamda ijrosi deputat nazoratida olib borilishi ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan deputat va mahalla yettiligining faoliyatiga oid fikr-mulohazalar tinglanib, kelgusida hududni yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 4