35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi

Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva tomonidan saylov okrugidagi "Bo‘stonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektori, mahalla raisi, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-sonli "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan pensiya tizimini isloh qilish hamda mahalla va yoqilg‘i-energetika sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi.

🔺 Muloqot davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, kommunal xizmatlar sifati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, hududni obodonlashtirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📁 Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar deputat U. Fayziyeva tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda zarur hollarda deputatlik nazorati doirasida tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💬 Tadbir yakunida deputatlar tomonidan mahalla taraqqiyoti, aholi farovonligini oshirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📉 Bunday ochiq muloqotlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6