35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Pastdarg‘om tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini aniqlash bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, Pastdarg‘om tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni aniqlash, o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida tuman ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda.

📋 Ishchi guruhi tarkibi:

🔹 Sh. Daniyarov – Pastdarg‘om tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

🔹 B. Sadinov – Davlat kadastrlari palatasi Pastdarg‘om tumani filiali boshlig‘i;

🔹 F. Ergashev – Pastdarg‘om tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, tuman bosh arxitektori;

🔹 Lavozimiga ko‘ra – tegishli mahalla raislari