35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📁 Dastlab deputatlar Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muminov Obidjon Odilovichning hisoboti tinglab, atroflicha muhokama qildi. Mazkur masala komissiya a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib qoniqarsiz deb topilda va kelgusi yig'ilishga qoldirildi.

📉 Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masala Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasining 2026-yil 6-oy davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Abdug‘afforov Shiddadbek Baxrom o‘g‘li deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Yig‘ilish davomida deputatlar Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil 6-oy davomida amalga oshirilgan ishlari hamda O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Hamdam Nazarovlar o‘z hisobotini deputatlarga taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan keyingi masala Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risidagi hisoboti bo'lib mazkur hisobot Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sadikov Abdurashid Abujalilovich tomonidan deputatlarga taqdim etildi. Komissiya a'zolari tomonidan atroflicha ko'rib chiqilgan mazkur masala ham qoniqarsiz deb baholanib kelgusi yig'ilishga qoldirildi.

📋 Shuningdek majlis davomida Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri Gulyamov Zafar Zokirovich hamda Toshkent invest kompaniya” AJ boshqaruv raisi o'rinbosari tomonidan hisobotlar berildi hamda deputatlar tomonidan ushbu masalalar bir ovozdan ma'qullandi.

🔎 Kun tartibidagi so‘nggi Bektemir tumani M.Avezov ko‘chasi, Abay MFY idorasi oldidagi buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘qonboev byustini joylashtirish hamda Yunusobod tumani Oqtepa MFY mahallasi Sohibkor ko‘chasida fuqarolarning murojaatini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Komissiya a’zosi Usenov Serikbay Nazarovich hisobot berdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10