35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
"Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"**ning nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi muammoni joyida o‘rganib, ro‘yxatga olish kitobiga qayd etdi
янв.21
Deputat hududdagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
Uchtepa tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

Uchtepa tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi

🖥 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda Mustaqillik bayramining “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” bosh g‘oyasi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida tantanali tadbir tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbirda Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari hamda soliq organlari xodimlari yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan qutlandi.

🇺🇿 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori To‘rabek To'rayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman Kengashi deputatlari Jamshid Karimov, Abdurashid Abdushukurov va Avaz Xudayberganov, Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Baxramov hamda Uchtepa tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Laziz Nasirov ishtirok etdi.

🗣 So‘zga chiqqanlar Mustaqillikning 35 yilligi yurtimiz taraqqiyotida muhim sana ekanini ta’kidlab, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” bosh g‘oyasi jamiyatda birdamlik, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

✨ Tadbir yakunida xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh profilaktika inspektorlari hamda soliq organlari xodimlariga xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining tashakkurnomasi va e’tiroflari tantanali ravishda topshirildi.

📈 Mazkur tadbir davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan soha xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek, Mustaqillik bayramining bosh g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 9