Yangiliklar

“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nug‘matulla, Oqtepa saylov okrugi hududida yashovchi aholi uchun qulay va obod muhit yaratish maqsadida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol tashabbus ko‘rsatdi.

✅Deputat tashabbusi bilan mahalla hududida atrof-muhitni obodonlashtirish, hududni tartibga keltirish, yashil maydonlarni saqlash hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar olib borildi.

✅Mazkur tashabbus mahalla aholisining turmush sifatini yaxshilash, hududning ozodaligi va fayzini oshirishga xizmat qilmoqda.

📝Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi bunday ezgu tashabbuslarni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4