Yangiliklar

Deputat fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlarni tingladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B. Sodiqova tomonidan Turkman mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari, mavjud muammolari hamda ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, infratuzilma, kommunal xizmatlar va ijtimoiy sohalarga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, masalalarning yechimini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi dolzarb masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1