Yangiliklar

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Kadastr palatasi Termiz tuman filialida bo‘ldi.

O‘rganish davomida filial tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash holati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4