Yangiliklar

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi №706-II Qonuniga asosan hudud fuqarolari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (№706-II) talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 8-Lutfiy okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna, tuman hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K. Xamrayev hamkorligida hudud fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar tinglandi. Xususan, qurilish, hududlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari o‘rganildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tumani hokimi o‘rinbosari K. Xamrayev tomonidan masalalarni atroflicha o‘rganish, fuqarolarning murojaatlarini inobatga olish hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinishi hamda ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 5