Qabul davomida fuqarolarning bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, masʼul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.