O‘rganish davomida:
yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi;
yoshlarning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar;
yoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik, sport va boshqa yo‘nalishlarga jalb etish holati;
bu borada erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, yoshlar bandligini yanada oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifalardan biridir.