Yangiliklar

Nazorat tahlil

Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi S.Bektemirov tomonidan Fazabod mahalla fuqarolar yi’gini xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, yosh qizlarning ta’lim va tarbiyasi hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash holati, «Ayollar daftari» doirasidagi tadbirlar ijrosi, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2