Yangiliklar

Aholi murojaatlari o‘rganildi, deputat so‘rovi tayyorlanmoqda

Aholi murojaatlari o‘rganildi, deputat so‘rovi tayyorlanmoqda.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 9-Sheyxon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati B. Samadovning betobligi sababli, saylov okrugidagi o‘rganish ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan amalga oshirildi.

Mahalla raisi bilan birgalikda Sheyxon mahallasida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. O‘rganish davomida ichimlik suvi quvurlarining nosoz holatga kelgani sababli aholidan ko‘plab e’tiroz va murojaatlar kelib tushgani aniqlandi.

Mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborish uchun deputat so‘rovi tayyorlanmoqda

Slide 1 of 2